Kaliforniyada dronning AirbusA380 bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Jahon 10:32 / 19.03.2016 780

Uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparati Lufthansa aviakompaniyasining Airbus A380 samolyotidan 60,9 metr masofada uchib o‘tdi. Voqea 19 martda, 1,5 km balandlikda sodir bo‘lgan. Bu haqda AQSh federal aviatsiya boshqarmasi xabar bermoqda.

Bu haqda Los-Anjyeles okrugi politsiyasiga tezkor ravishda xabar berilgan. Politsiya boshqarmasi leytenanti Robert Binderning ma'lum qilishicha, dron va uning egasini topish maqsadida havoga politsiya vertolyoti ko‘tarilgan. Ammo bu harakatlar muvaffaqiyatli bo‘lmagan.

Ma'lumot uchun: AQSh qonunchiligiga binoan, dron egasi o‘z qurilmasini aeroportdan 8 km uzoqlikda, samolyotdan 122 metr uzoqlikda saqlashi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: