Hindistonda politsiya otiga jarohat yetkazgan siyosatchi hibsga olindi

Jahon 09:15 / 19.03.2016 1485

18 martda Hindiston politsiyasi politsiya otiga og‘ir jarohatlar yetkazganlikda gumon qilinayotgan siyosatchi Ganesha Joshini hibsga oldi, deb xabar berilmoqda OAVlarda.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, yetakchi Hindiston xalq partiyasining Uttarakxand shtatidagi Massuri shahridan bo‘lgan deputati Joshi Hindiston shimolida norozilik namoyishi vaqtida otga kaltak bilan jarohat yetkazgan, oqibatda otning oyog‘i singan.

Veterinarlar jurnalistlarga Shaktiman laqabli otda gangrena boshlangani sababli uning oyog‘ini olib tashlashga to‘g‘ri kelganini, biroq infeksiya butun tanaga tarqalib ketgani sababli operatsiya yordam bermagani va ot o‘lganini ma'lum qilishgan.

Politsiya otning kaltaklanishiga aloqador bo‘lgan boshqa gumonlanuvchilar ham qidirilayotganini ma'lum qildi.

Joshi bu ayblovlarni siyosiy sabablar bilan qo‘yilayotganini aytmoqda. Uning aytishicha, elektron OAVlar tomonidan chop etilgan, go‘yoki ushbu noxush holat tasvirlangan video Joshining avval ot oldida kaltak ko‘tarayotgani tasvirlangan eski videoyozuv yordamida montaj qilingan. Siyosatchi bu video otning kaltaklanishiga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta'kidlamoqda.

“Ot uning egarini kimdir tortganda yiqilib, oyog‘ini sindirib olgan”, deb aytmoqda Joshi.

Ot bilan bog‘liq voqea hind ijtimoiy tarmoqlarida noroziliklarga sabab bo‘ldi, biroq siyosatchining hibsga olinishiga ham shtat aholisi tomonidan norozilik bildirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: