Diabi 2014 yildan buyon ilk marta rasmiy o‘yinda maydonga tushdi

Sport 09:27 / 19.03.2016 1447

«Marsel» jamoasi yarimhimoyachisi Abu Diabi Fransiya chempionatining navbatdagi turida «Renn»ga qarshi uchrashuvda (2:5) maydonga tushdi.

Mezbonlarning mag‘lubiyati bilan yakunlangan bu o‘yinning 78-daqiqasida u yarimhimoyachi Florian Tovenni almashtirdi.

Shu tariqa, Diabi 2014 yilning 23 sentabridan beri ilk marta rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. O‘shanda u «Arsenal» safida «Sauthempton»ga qarshi o‘ynagan va qattiq jarohat olib maydonni tark etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: