Tsukerberg 15 yildan so‘ng kompyuterlarning yangi avlodi kelishini ma'lum qildi

Fan-texnika 18:43 / 19.03.2016 2866

Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbari Mark Tsukerbergning ma'lum qilishicha, oxirgi 14-15 yil ichida yer yuzida kompyuterlarning yangi ko‘rinishi ixtiro qilinadi. TASS’ning ma'lum qilishicha bu haqda ijtimoiy tarmoq asoschisi 19 mart kuni bo‘lib o‘tgan Xitoy taraqqiyot forumi-2016da aytib o‘tgan.

Feysbuk rahbari onlayn-riteyler Jyek Ma bilan bevosita suhbati davomida: “Hozircha stol kompyuterlari, noutbuklar, smartfonlar mavjud. Ammo har 15 yilda yangi hisoblash platformalari yaratiladi”, — deya ta'kidlagan.

“Ba'zilar mashinalar insonlarni o‘zgartiradi va ish faoliyatini to‘xtatadi, deya tashvishlanmoqda. Ammo mashinalarni insonga qiyoslash noto‘g‘ri. Nazarimda tashvishga xojat yo‘q”, — deya ma'lum qildi tadbirkor.

Kompyuterning ilk ko‘rinishlari XX asrning 40-yillarida ma'lum bo‘la boshlagan. Agar Tsukerbergning giptoyezalari amalga oshganida bu vaqtga kelib kompyuterlarning beshinchi avlodi ma'lum bo‘lardi.

Ammo 1965 yilda Murning kompyuter texnologiyalarining tez ko‘rsatkichlarda rivojlanishi to‘g‘risidagi qonunlari mikrosxemalar kashf etilganidan so‘ng e'lon qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: