Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan Gagarin tasviri tushirilgan va yangi ekipajga ega “Soyuz” kemasi uchirildi

Jahon 08:49 / 19.03.2016 1993

19 mart tungi payt “Soyuz TMA-20M” boshqariluvchi kemasiga ega “Soyuz-FG” raketa-tashuvchisi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan fazoga ko‘tarildi. Kema bortida Xalqaro koinot stansiyasining yangi ekipaji bor, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Kema bortida insoniyat tarixidagi birinchi fazogir Yuriy Gagarinning shlemofondagi tasviriga ega logotip tushirilgan. Shuningdek, “Soyuz” bortida Gagarin ilk bor koinotga ko‘tarilganda aytgan mashhur so‘zlari “Ketdik!” (“Poyexali!”) va ushbu parvozning 55 yilligi sharafiga “1961-2016” raqamlari ham yozilgan.

Koinot kemasi raketa-tashuvchining 3-pog‘onasidan Toshkent vaqti bilan soat 02.35 da ajraldi va XKS bilan soat 8.12 da avtomatik rejimda muvaffaqiyatli tutashdi.

Kema orbitaga “Roskosmos” fazogirlari Aleksey Ovchinin, Oleg Skripochka va NASA fazogiri Jyeffri Uillyamsni yetkazdi. Fazogirlarning ekspeditsiyasi davomiyligi reja bo‘yicha 173 kunni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: