O‘z vaqtida «Barselona» prezidentligi uchun nomzod bo‘lgan Toni Freysha YeChLning joriy mavsumdagi chorak finali uchun qur'adan keyin fikrlarini bildira turib, «Real» jamoasining har mavsumda qur'ada oson raqiblarga duch kelishi haqida aytib o‘tdi.
«Ularga «Sharlerua» tushmadi, chunki bu jamoa bu bosqichgacha yetib kelmadi. Lekin agar imkoni bo‘lsa madridliklarga shu darajadagi jamoani ro‘baru qilishardi.
Yevropa chempionlar ligasini yutish uchun chempionlarni yutish kerak», – deb yozadi Freysha o‘z tvitterida.
Qayd etish kerakki, Freysha YeChL qur'asi boshlanishidan oldin «Real»ga aynan «Volfsburg» raqib bo‘lishini bashorat qilgandi.
YeChLning chorak finalida «Real» «Volfsburg» bilan, «Barselona» «Atletiko» bilan o‘ynaydi