BAA prezidenti aviafalokat munosabati bilan Rossiyaga ta'ziya bildirdi

Jahon 23:07 / 19.03.2016 1732

Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayh Xalifa ibn Zaid al-Nahayyan FlyDubai kompaniyasi samolyotining Rostov-Donda falokatga uchrashi munosabati bilan Rossiya xalqi va prezidenti Vladimir Putinga ta'ziya bildirdi. Bu haqda WAM davlat yangiliklar agentligi ma'lum qildi.

BAA prezidenti o‘zining maktubida Rossiya prezidenti, do‘stona Rossiya xalqi va falokatda halok bo‘lganlarning oilalariga ta'ziya va hamdardlik bildirdi.

Shuningdek, o‘z ta'ziyalarini BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri va Dubay amiri Shayh Muhammad ibn Rashid al-Maqtum va Abu-Dabi valiahd shahzodasi va BAA qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayh Muhammad ibn Zaid al-Nahayyan ham bildirdilar.

Ko‘proq yangiliklar: