AQShning Rossiyadagi elchixonasi o‘z fuqarolarini Rossiyada, jumladan Moskvada terrorchilik tahdididan ogohlantirmoqda, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Bu haqda AQShning Moskvadagi elchixonasi matbuot kotibi Uilyam Stivens e'lon qildi.
“Bugun AQShning Moskvadagi elchixonasi yaqindagi AQSh Davlat departamentining Yevropada, jumladan Rossiyada terrorchilik xavfiga tegishli bo‘lgan yangilangan ogohlantirishini eslatish zarurati bilan bog‘liq holda xavfsizlik haqida ogohlantirish chiqardi”, deb aytdi Stivens.
Ogohlantirish matnida elchixona AQSh fuqarolariga “ogoh bo‘lishni tasviya qilmoqda, chunki Rossiyada terrorchilik bilan bog‘liq xatarlar hali ham yuqori qolmoqda”.
“Ishonchli manbalar terrorchilar Yevropaga hujum qilishga faol tayyorlanayotganiga ishora qilmoqdalar va bu Rossiya, ayniqsa Moskvaga ham taalluqlidir. Terrorchilik hujumlariga restoranlar, diqqatga sazovor joylar, transport kabi jamoat joylari uchrashi mumkin”, deyilmoqda ogohlantirishda.
Mart boshida AQSh Davlat departamenti IShID terrorchilik guruhi Yevropada teraktlar sodir etmoqchiligi haqida ogohlantirish tarqatdi. Terrorchilar yirik sport tadbirlari, teatrlar, bozorlar, aviaxizmatlar, transport va jamoat joylarini nishonga olmoqdalar. Teraktlar boshqa hududlarda, jumladan Yaqin Sharqda ham sodir etilishi mumkin.