AQSh Davlat departamenti AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining Moskvaga tashrifi sanasini rasman e'lon qildi. Kerrining Rossiyaga safari 22 martda boshlanib, 25 martda yakunlanadi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti saytida ma'lum qilindi.
“AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 22-25 martda Moskvaga tashrif buyuradi va Rossiya rahbariyati bilan uchrashadi”, deyilmoqda xabarda.
AQSh Davlat departamentida ta'kidlanishicha, tomonlar “Suriyani qo‘llab-quvvatlash xalqaro guruhining Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish tartibini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa'y-harakatlarini, ko‘mak berish va gumanitar yordam yetkazilishini kengaytirish va yaxshilash, Suriyada siyosiy o‘tishga ko‘mak berish hamda IShIDga qarshi kurashni muhokama qiladilar”.
Kerri, shuningdek, Rossiya rahbariyati bilan Ukrainadagi vaziyat va “Minsk kelishuvlarining to‘liq amalga oshirilishi zarurligini” muhokama qilmoqchi.