Italiyaning «Yuventus» futbol klubi, bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan amaldagi shartnoma muddatini uzaytiradi.
La Gazzetta dello Sport nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, 48 yoshli mutaxassis bilan keyingi hafta boshida imzolanishi kutilayotgan shartnoma 2018 yilga qadar mo‘ljallangan bo‘ladi. Unda shartnomani yana bir yilga uzaytirish bo‘yicha band ham kiritiladi.
Shartnomaga ko‘ra, Allegrining «Yuventus»dagi yillik maoshi 3,5 dan 5 million yevrogacha oshiriladi.
Manbada «Yuventus» shuningdek 38 yoshli darvozabon Janluidji Buffon bilan ham shartnomani ikki yilga uzaytirishi mumkinligi yozilgan.