Yagona portal orqali murojaatlar soni rekord darajaga yetdi

O‘zbekiston 12:40 / 18.03.2016 2047

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) murojaatlar soni rekord ko‘rsatkich — 500 mingdan ortdi. Bu haqda “Elekron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining axborot xizmati boshlig‘i Nelli Karimova bergan ma'lumotga asoslanib, “Darakchi” nashri yozmoqda.

2016 yilning 1 iyulida my.gov.uz ishga tushganiga 3 yil to‘ladi.

Ma'lumot uchun, yagona portal orqali aholi va tadbirkorlik sub'yektlari uchun 23 yo‘nalishdagi 260dan ortiq davlat organlari va ularning tarkibiy bo‘linmalari ulangan.

Portal fuqarolar va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari to‘g‘risida ma'lumot olish hamda ushbu xizmatlardan elektron shaklda foydalanish imkonini beradi.

Ko‘proq yangiliklar: