AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonning saylovoldi kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi Priorities USA jamoatchilik tashkiloti YouTube portalida respublikachilar nomzodi Donald Trampning 17 martda chop etgan, “akkilayotgan” Xillari Klinton tasvirlangan tashviqot roligiga video tarzidagi javobni chop etdi.
26 soniya davom etuvchi rolikda teleboshlovchi Trampdan u birinchi kundanoq AQSh prezidenti vazifalarini bajarishga tayyor bo‘lish uchun kim bilan maslahatlashishini so‘raydi. “Men o‘zim bilan maslahatlashaman. Chunki mening yaxshigina miyam bor va men juda ko‘p gaplar aytganman”, deb javob beradi milliarder. Shu lavhadan keyin Trampning so‘zlari ustidan kulayotgan Klinton kadri keladi.
17 martda Tramp Instagram’dagi sahifasida Klintonni mazah qiluvchi rolikni joylashtirdi. Rolik boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin dzyudo jangida raqibini yiqitayotgan lavha kelgan, undan keyin esa niqob kiyib olgan terrorchi aks etgan. So‘ngra “Bizning eng kuchli raqiblarimizga yuzma-yuz kelish vaqti kelganda... demokratlardan ajoyib javob bor”, degan yozuv paydo bo‘ladi va so‘ngra Klintonning tasviriga akkillagan it ovozi qo‘yilgan kadrlar keladi. Rolik oxirida kulayotgan Putin tsvirlangan bo‘lib, u go‘yoki Klintonning bu holiga kuladi.
Kremlda Trampning saylvoldi roligiga izoh berish davomida AQShda “Rossiyani ola-buji qilib ko‘rsatish” saylovoldi kampaniyasining majburiy atributiga aylanganidan afsuslanish bildirildi
AQSh prezidenti lavozimiga saylovlar 8 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Iyulda demokratlar va respublikachilar milliy konventlar o‘tkazib, unda har bir partiyadan saylovlarda ishtirok etuvchi nomzod tanlanadi.