Yaqin vaqt ichida Toshkent aeroporti yaqinida qariyb 800ta mashina to‘xtashi uchun mo‘ljallangan ko‘p qavatli avtomobillar turargohi paydo bo‘ladi. «Gazeta.uz» saytida yozilishicha, bu haqda Toshkent me'morchilik va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Rustam Rahmatullayev «Narodnoye slovo» gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Shuningdek, «Toshkent» markaziy vokzali va yirik bozor joylashgan poytaxt ippodromi yaqinida ham 530 tadan o‘ringa ega avtomobil turargohlari quriladi.
Rustam Rahmatullayevning aytishicha, Toshkentning turli tumanlarida jami 20dan ortiq ko‘p qavatli garajlar qurish bo‘yicha loyihalar tayyorlangan. Ularning har biri 500dan ziyod avtomobilni sig‘dira olishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bu avtoturargohlarda servis xizmati majmuasiga ham bo‘ladi.
Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Toshkent shahrida «Chorsu» bozori yonida va «Samarqand darvoza» savdo majmuasida shunday ko‘p qavatli avtoturargohlar mavjud.