Toshkent yo‘llarining umumiy masofasi 40 foizga uzaytiriladi

O‘zbekiston 12:05 / 18.03.2016 1227

O‘zbekiston poytaxtidagi yo‘llarning umumiy uzunligi, Toshkent halqa avtomobil yo‘lini hisobga olmaganda, kelgusida hozirgi 630 kilometrdan 879 kilometrga yoki 40 foizga uzaytiriladi. Bu haqda Toshkent Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i v.b. Rustam Rahmatullayev «Narodnoye slovo» nashriga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Ko‘rsatib o‘tilgan raqamlar turli darajadagi transport bog‘lamalarini ham o‘z ichiga oladi. Jumladan, Sebzorda bunyod etilgan bog‘lamaga o‘xshash inshoot Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari (metroning «Novza», sobiq Hamza bekati) hamda Ohangaron shossesi va Toshkent halqa avtomobil yo‘li kesishmalarida («Rohat» aylanasi) ham qurilishi rejalashtirilgan.

Gazeta suhbatdoshi aniq muddatlarni ma'lum qilmagan. Faqatgina Rohatdagi bog‘lama joriy yilda qurilishini aytib o‘tgan.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 184 ming kilometrni tashkil qiladi. 2016 yilda 513 kilometr yo‘l qurilishi va ta'mirlanishi rejalashtirilgan. Sputnik nashrida ma'lum qilinishicha, bu ishlarning umumiy qiymati 1,3 milliard so‘mni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: