Pxenyanda namunali ko‘cha quriladi

Jahon 12:42 / 18.03.2016 1074

Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga AQSh va uning tarafdorlari tomonidan o‘tkazilayotgan tazyiq va sanksiyalarga qaramasdan, Kim Chen In Pxenyanda yana bir aholi yashash uylari bilan ibratli ko‘cha qurilishi haqida buyruq berdi.

Koreya Mehnat partiyasi birinchi kotibi va milliy mudofaa Davlat komitetining birinchi raisi ushbu loyihaning amalga oshirilishi siyosiy jihatdan naqadar muhim ahamiyat kasb etishiga alohida urg‘u berdi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, namunali ko‘chalarning qurilishi butun dunyoga KXDRning har qanday vaziyatda ham o‘z yo‘lidan og‘ishmasdan davom etishi va muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlaydi, deb xabar beradi mahalliy OAV.

U ko‘chaning qurilishi bir yil ichida tugallanishini shaxsan o‘zi nazorat qilishini bildirgan. “Bu loyihaning amalga oshirilishi - umumpartiyaviy, umumdavlat va umumxalq ishidir”, - deya fikr bildirdi KXDRning oliy rahbari.

O‘qituvchi va olimlar uchun mo‘ljallangan ushbu ko‘cha “Remyon” nomini oladi. Yangi ko‘cha infratuzilmasi yashash uchun barcha qulayliklarga ega, jumladan, bolalar bog‘chasi, maktab, pochta, maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari. Davlat yetakchisi qurilishni ilg‘or texnologiyalardan foydalanish haqida topshiriq bergan.

O‘tgan yilning noyabr oyida Pxenyanda qurilgan “Mire” mahallasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu ko‘chani mamlakatda “Kim Chen Inning muhtasham davrining shonli tuzilishi” deb hisoblashadi. Zamonaviy sharoitli va mebelli uylar olim va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilariga tuhfa tariqasida taqdim etilgandi.

Kim Chen In obodonlashtirish va ko‘kalashzorlashtirishga alohida e'tibor bergan holda Pxenyanni “songun” (“armiya ustuvorligi”) erasining namunali madaniyat markaziga, “dunyo darajasidagi xushmanzara poytaxt”ga aylantirishni maqsad qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: