O‘zbekistonlik yuguruvchi Dubaydagi turnirda Osiyo rekordini yangiladi

Sport 11:09 / 18.03.2016 1615

BAAda 17 mart kuni kuni boshlangan yengil atletika bo‘yicha Xalqaro Gran-pri musobaqasida O‘zbekiston vakillaridan yugurush bo‘yicha Murodullayev Marufjon 1500 m. masofaga 4:03 natija bilan Osiyo rekordini yangiladi va oltin medaliga sazavor bo‘ldi.

Shuningdek, yana bir o‘zbekistonlik sportchi Abdurashidov Mansur 100 m. masofani 11:30 (sekund) natija bilan yugurib o‘tib, shohsupaning eng yuqori o‘rnini egalladi. Qizlar bahsida Qayumova Nozimaxon nayzani 42.79 m.ga uloqtirib, eng yaxshi natija bilan 1 o‘rinni egalladi. O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi 3 oltin medal jamlamasini qo‘lga kiritdi.

 

Endilikda 20 mart kuniga qadar davom etadigan turnirda o‘zbekistonlik sportchilar oldida 200, 400, 800 m masofalarga yugurish, balandlikka sakrash, nayza va disk uloqtirish bahslarida ishtirok etishadi.

Ko‘proq yangiliklar: