Toshkent me'morchilik va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Rustam Rahmatullayev «Narodnoye slovo» gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, «Olmazor» metrosidan (sobiq «Sobir Rahimov») Sergeli dahasigacha tezyurar tramvay yo‘li quriladi.
Rustam Rahmatullayevning aytishicha, ushbu loyiha transport bilan bog‘liq vaziyatni ancha yaxshilaydi. U qurilish ishlari boshlanishining aniq muddatlarini keltirmagan.
«Yo‘llarni bo‘shatish» uchun shahar tashqarisidagi 9ta transport avtobekati Toshkent chegaralariga ko‘chirilishi ham ko‘zda tutilgan. Yetib kelgan yo‘lovchilar u yerdan yo‘lni shahar transportida davom ettirishlari mumkin bo‘ladi», deydi Rustam Rahmatullayev.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent hokimligi Rohatga qadar davom etuvchi tramvay yo‘li loyihasini bekor qilgani haqida xabar berilgandi.