Manba: Pellegrini «Zenit»ga o‘tish uchun 4 mln yevro va tarkibni o‘zgartirish vakolatini talab qilmoqda

Sport 14:49 / 18.03.2016 1559

Sankt-Peterburgning «Zenit» jamoasi ayni vaqtda «Manchester Siti» jamoasini boshqarayotgan, mavsum yakunida lavozimini tark etadigan chililik mutaxassis Manuel Pellegrini bilan bitim tuzishga yaqin turibdi.

«Sport den za dnem» nashrida yozilishicha, 62 yoshli mutaxassis piterliklar jamoasi rahbariyatidan yiliga 4 mln yevrolik maosh so‘ragan va tarkibda jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirish vakolatini taqdim etishni so‘ragan.

Gazetada yozilishicha, «Zenit» jamoasining byudjyeti keyingi mavsumda qisqartiriladi va 135 mln dollarga tushiriladi. Lekin bir qancha futbolchilarning transfer qilinishi orqali bu miqdor oshirilishi mumkin.

Qayd etilishicha, portugaliyalik yarim himoyachi Danni yozda BAA chempionatiga o‘tadi, italiyalik himoyachi Domeniko Krishito va belgiyalik xavbek Aksel Vittsel Italiya chempionatidagi jamoalarda faoliyatini davom ettirishi mumkin. Shuningdek, himoyachi Luish Netu ham sotuvga qo‘yilishi aytilgan.

«Sport den za dnem» xabariga ko‘ra, Pellegrini jamoaga kelsa, seleksiya ishlari bilan shaxsan o‘zi shug‘ullanmoqchi. Bundan oldinroq, piterliklar rahbariyati bu bo‘yicha TsSKA jamoasining sobiq direktori Anton Yevmenov bilan kelishgandi.

Eslatib o‘tamiz, Pellegrinining agenti o‘z mijoziga «Zenit» va yana 3 jamoadan jiddiy taklif tushganini bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: