Madridning «Real» klubi hujumchisi Karim Benzema yana bir janjalli vaziyatga aralashib qoldi.
Liberation nashri bergan xabarga ko‘ra, 28 yoshli fransuz giyohvandlik moddalarini sotish va pul «yuvish» kabi jinoiy ishlarga guvoh sifatida qaralmoqda.
Gazeta ma'lumotiga ko‘ra, Parij sudi mazkur ish bo‘yicha 2015 yilning sentabridan boshlab tergov ishlarini olib bormoqda, Benzema esa bu ishga guvoh sifatida chaqiriladi. Qayd qilinishicha, Benzema «mazkur voqea sabab juda ko‘p miqdorda pulidan ajralgan».
Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Lion» yarimhimoyachisi Matyo Valbuena shantaj qilishda sherik sifatida ayblangandi.