Jizzax viloyati: Yo‘llardagi asfalt sifati qachon yaxshilanadi?

O‘zbekiston 11:06 / 18.03.2016 1565

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Jizzax viloyatidagi ijrosi o‘rganildi. Bu haqda “Darakchi” nashri ma'lum qilmoqda.

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a'zosi Ahad Ahmedovning ma'lum qilishicha, 2015 yilda Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi hisobidan Jizzax viloyati uchun 182,4 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, shundan hududda 104,3 mlrd so‘mga 31 km avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilingan va 41 mlrd so‘mga 18 km avtomobil yo‘llari to‘la ta'mirlangan hamda 37,2 mrd so‘mga 97 km yo‘llar joriy ta'mirlangan.

Nazorat-tahlil jarayonida ichki yo‘llarga ham alohida e'tibor berilib, Jizzax viloyatidagi mavjud 5200 km ichki yo‘llardan 2014 yilda 40, 2015 yilda 30 km ta'mirlanganligi qayd qilindi. 2015 yilda yo‘l ta'miri uchun ajratilgan mablag‘ o‘z vaqtida moliyalashtirilmaganligi sabab viloyatda qariyb 3500 km ichki yo‘l qarovsiz holatga kelib qolgan.

“Qayd etilgan holatlar viloyat yo‘l korxonalarining moddiy texnika bazasi hozirgi kun talabiga javob bermasligini isbotlaydi. Bu esa asfalt mahsulotlarining sifati pastligiga sabab bo‘lmoqda”, deb yozadi nashr.

Ko‘proq yangiliklar: