Google yaratilish jarayoni nihoyasiga yaqinlashib qolgan Chrome’ning yangi 51-versiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi.
Taxminlarga ko‘ra, brauzerning yangi ko‘rinishi Material Design (maishiy dizayn)ga ega bo‘ladi. Brauzer interfeysining aksariyat elementlaridagi soya va hajm beruvchi effektlar yo‘qolgan, yorliqlarning burchaklari esa o‘tkirlashgan.
Chrome’ning 51-beta-versiyasi 8 aprelda ishga tushirishi rejalashtirilgan.