Fevral oyi oxirida Janubiy Koreyaning Samsung elektronika ishlab chiqaruvchisi flagman lineykasining yangi smartfonlarini taqdim etgandi. Tabiiyki, yangilikni o‘sha zahoti iPhone bilan solishtirishni boshlashdi.
Albatta, bu Apple kompaniyasining o‘tgan yilgi mahsuloti. An'ana bo‘yicha yangi versiya kuz oylarida namoyish etiladi.
Shuning uchun solishtirish musobaqasi Galaxy S7/Galaxy S7 Edge hamda iPhone 6S/iPhone 6S Plus o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. PhoneBuff foydalanuvchisi Youtube’da koreyalik Galaxy S7 Edge va amerikalik iPhone 6S Plus telefonlarining ikkalasida ham mavjud o‘xshash funksiyalarning ishlash tezligini taqqosladi.
Eng zamonaviy gadjyetlarning musobaqa natijalarini video orqali ko‘rish mumkin. Baholash uchun sekundomer ham yoqib qo‘yilgan.