YeI yana bir marta Rossiyadan noroziligini bildirdi

Jahon 19:47 / 18.03.2016 845

Yevropa Ittifoqi BMT a'zo-davlatlarini Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashga da'vat etmoqda. Bu haqda tashqi siyosat xizmati saytida chop etilgan Yevropa Ittifoqi oliy vakili Federika Mogerinining YeI nomidan Qrimga oid bayonotida ma'lum qilindi.

Hujjatda aytilishicha, YeI avvalgidek Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligining qat'iy tarafdori va Qrimning Rossiyaga qo‘shilganini tan olmaydi.

“Yevropa Ittifoqi bu xalqaro huquqning buzilishini ayblaydi va tan olmasligini takror ma'lum qiladi. Bu barcha mamlakatlarning birligi va suverenitetini himoya qiluvchi xalqaro qonun ustuvorligiga jiddiy raxna soladigan xalqaro xavfsizlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri da'vatdir”, -deyiladi bayonotda.

Ko‘proq yangiliklar: