18 mart kuni AQSh prezidentligiga da'vogar Donald Trampning o‘g‘li pochta orqali shubhali oq kukun qabul qilgan.
ABC telekanalining xabariga ko‘ra, yo‘llanma milliarderning 32 yoshli o‘g‘li istiqomat qiluvchi Nyu-Yorkning markaziy qismidagi uyga yetkazilgan.
Nyu-York politsiyasining guvohlik berishiga qaraganda, shubhali maktub huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘rganilmoqda va voqea natijasida hech kim jabr ko‘rmagan.