Brent narxi 42 dollarga ko‘tarildi va rubl kursi mustahkamlana boshladi

Iqtisodiyot 17:00 / 18.03.2016 1697

Londonning ICE Futures birjasi va Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) neft narxlari ko‘tarildi.

Nyu-York birjasida WTI markasidagi neftning aprel oyi fyucherslari 0,95 foizga o‘sib, 1 barreli uchun 40,56 dollarni tashkil qilmoqda.

Londondagi birjada esa Brent neftining may oyi fyucherslari 1,58 foizga qimmatlab, 1 barreli uchun 42,1 dollarga yetgan.

Bu o‘zgarishlar esa rubl kursini mustahkamlagan.

Moskvada dollarning rublga nisbatan kursi 38 kopeykaga pasayib, 1 dollar 67,74 rublni tashkil qilmoqda. Ayni vaqtda Moskvada 1 yevro narxi 76,34 rubl (-78 kopiya).

Neft narxi qatorasiga ikkinchi kun oshishiga AQShda xom ashyo qazib chiqarish hajmi pasaygani haqida ma'lumotlar va aprel oyi o‘rtalarida Qatar poytaxti Dohada neft ishlab chiqaruvchi davlatlar uchrashuvi kutilayotgani sabab bo‘lmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: