«Boeing»ning boshqaruvchisiz suv osti kemasi

Fan-texnika 12:30 / 18.03.2016 2780

Boeing kompaniyasi nafaqat yo‘lovchi tashuvchi samolyotlarini ishlab chiqaradi, balki ko‘pgina qiziq loyihalar bilan ham ish olib boradi. Ulardan biri bu boshqaruvchisiz «Echo Voyager» suv osti kemasi hisoblanadi.

Suv osti kema ilmiy va harbiy maqsadlarda ma'lumot yig‘ish hamda tarqatish uchun ishlab chiqilmoqda. Boshqaruvchisiz kema gibrid energotizimga ega bo‘lib, kompaniya uning ishlash prinsipini sir tutmoqda.

Yangi energotizim tufayli kema suv ostida bir necha oy davomida ma'lumot yig‘a oladi va mustaqil ravishda ularni yuborish uchun suv yuzasiga chiqadi. Bunday xususiyatlar uni boshqa suv osti kemalaridan farqlaydi.

«Echo Voyager» uzunasiga 15,5 metrni tashkil etib, 3353 metr chuqurlikkacha tusha oladi. Misol uchun, chuqurlikka tushish rekordi «sovet» suv osti kemasi APL K-278 «Komsomolets»ga tegishli bo‘lib, 1027 metrgacha tusha olgan.

Loyiha mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, qurilmaning narxi balandligiga (kompaniya hali beri aniq qiymatni aytgani yo‘q, lekin so‘z bir necha millionlar haqida ketmoqda) qaramay, xarajatlar uning xizmati kamchiqimligi orqali oshib ketmaydi.

Yangi suv osti kemasining qo‘llanilish sohalari juda ham keng: suv osti kabellarini tekshirish, suv osti chegaralarini buzib kiruvchilarni aniqlash, qo‘riqlanuvchi akvatoriyalarni patrullash, neft toshqinlarida ma'lumot yig‘ish va qidirish, jabrlanganlarni aniqlash kabi holatlarda qurilma asqatadi.

«Echo Voyager»ning sinovlari shu yoz oylarida boshlanib, Kaliforniyaning suv qirg‘oqlarida amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: