Amerikalik baggi mashinasida tryuk ko‘rsatgani uchun qamaldi

Jamiyat 13:58 / 18.03.2016 1886

Amerikalik Bleyk Uillki San-Diyego ko‘chalarida mashinani xavfli boshqargani uchun 49 kunga qamaldi.

Kaliforniyada yashovchi 27 yoshli yigit ochiq ko‘chalarda baggi mashinasida bajargan turli tryuklarini YouTube’ga joylashtirgan. Hozirgacha video 1,3 million martadan ortiq tomosha qilingan, deb xabar beradi 10News.

Avtomobil kuzovining yon qismida yozilgan ism orqali politsiya darrov yuragi qaynoq yigitning shaxsini aniqladi. Bundan tashqari, uning ayni shu videoni suratga olishda qatnashgan ikki do‘sti ham xavfli tryuklar, jumladan, mashinani sakratish, kuchli sirpantirish bajarilganda, rulda Uillki bo‘lganini tasdiqlab, unga qarshi ko‘rsatma berdilar.

Umuiy hisobda qonunbuzarga 26 ta ayblov e'lon qilinib, u faqat to‘rttasida, xususan, “tezlikni namoyishkorona oshirish”da aybdor deb topildi. Uillki 2014 yilda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun ham sudlangandi. Bu qilmishi esa uning shartli ravishda muddatidan avval ozodlikka chiqish shartlarini ham buzdi.

Yigitga 21 oy qamoq jazosi xavf solib turganda, sud uni bir yarim oy muddatga jazoladi. U bundan ikki haftaning dam olish kunlarinigina qamoqda, qolgan muddatni uy qamog‘ida o‘tkazadi. Shuningdek, Uillkini kamida yarim yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etib, uch yil sinov muddati berishlari ham mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: