21 mart kuni Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati cheklanadi

O‘zbekiston 19:13 / 18.03.2016 2927

Navro‘z bayrami 21 mart kuni nishonlanishi munosabati bilan Toshkent shahrining bir qator ko‘chalarida harakat vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bergan.

"Toshkent shahar hokimining 18 mart kuni imzonlagan 244-sonli qaroriga ko‘ra, “Navro‘z” umumxalq bayrami o‘tkazish vaqtida yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta'minlash maqsadida bir qator ko‘chalarda transport harakatining cheklanishi belgilandi", deyiladi xabarda.

Unga ko‘ra, 21 mart kuni soat 06:00 dan 16:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda harakatlanish taqiqlanadi:
— “Bunyodkor” shohko‘chasining Muqimiy ko‘chasi bilan kesishuvidan “Qoratosh” ko‘chasi bilan kesishuvigacha;
— “Qoratosh” ko‘chasining “Samarqand darvoza” ko‘chasi bilan kesishuvidan “Bunyodkor” shohko‘chasi bilan kesishuvigacha;
— “O‘zbekiston” ko‘chasining “Bunyodkor” shohko‘chasi bilan kesishuvidan “Olmazor” ko‘chasi bilan kesishuvigacha;
— “Bobur” ko‘chasining “O‘rikzor” ko‘chasi bilan kesishuvidan “Sharshara” ko‘chasi bilan kesishuvigacha;
— “Beshyog‘och” ko‘chasining “O‘zbekiston” ko‘chasi bilan kesishuvidan Furqat ko‘chasi bilan kesishuvigacha;
— “Furqat” ko‘chasining “Sharshara” ko‘chasi bilan kesishuvidan Navoiy ko‘chasi bilan kesishuvigacha;
— “Olmazor” ko‘chasining “O‘zbekiston” ko‘chasi bilan kesishuvidan “Beshyog‘och” ko‘chasi bilan kesishuvigacha;
— “Baynalmilal” ko‘chasining “Bunyodkor” shohko‘chasi bilan kesishuvidan “Beshyog‘och” ko‘chasi bilan kesishuvigacha;
— “Sebzor” hamda “Zarqaynar” ko‘chalarining tonnelga kirish joyidan.

Qarorda bayram tadbirlari hamda xalq sayllari o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan “Sebzor” ko‘chasining O‘zbekiston Davlat sirki maydoniga tutash qismi, Toshkent Hayvonot bog‘iga tutash “Bog‘ishamol” ko‘chasi, “Baxt diyor” guzari oldi maydoniga tutash “Shokirariq” ko‘chasi, Markaziy zobitlar uyi (sobiq Aviasozlar saroyi), Mirzo Ulug‘bek, Bobur, G‘afur G‘ulom nomidagi, shuningdek “Gulshan”, Furqat, “Suvchi” dahasidagi “Quyoshcha nuri” istirohat bog‘lariga tutash ko‘chalarda ham vaziyat taqozo etganda yo‘llarda harakatlanishning cheklanishiga ruxsat berilishi ko‘rsatilgan.

21 mart kuni soat 06:00 dan 16:00gacha metroning “Milliy bog‘” hamda “Bunyodkor” bekatlarining “Istiqlol” san'at saroyi tomoni yopiladi.

Qarorda tegishli jamoat transporti xizmati tashkilotlariga tadbirlar hamda sayllar yakunlanishi davrida xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalarining sonini oshirish vazifasi yuklatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: