Urganchlik R. Adiba shahar IIBga murojaat qilib, 1-sinfda o‘qiydigan qizi maktabdan kelayotganida noma'lum shaxs uning qulog‘idagi qimmatbaho ziragini aldab yechib olgani va qochib ketganligini bildirdi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.
Ichki ishlar idoralari xodimlari ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash va qo‘lga olish yuzasidan zarur-chora tadbirlarni amalga oshirdi. Buning natijasida 20 yoshli X.R ushbu jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, qo‘lga olindi.