Arxeologlarning tasdiqlashicha, Tutanxamon maqbarasida ikki eshik bo‘lib, ular yashirin xonalarga olib chiqadi. Bu haqda Misrning qadimi obidalar vaziri ma'lum qilgan.
Xalqaro arxeologlar guruhi Tutanxamon qabrini radioto‘lqinlar yordamida turli xil obektlar xususiyatini aniqlashtiruvchi radiolokatsiyali qurilma bilan o‘rganishdi. Tadqiqot xulosalari shu bo‘ldiki, maqbarada usti muhrlangan va bo‘yalgan ikki eshik topilgan. Arxeologlarning fikricha, boshida maqbara Exnatonning rafiqasi Nefertiti uchun qurilgan. Tutanxamon 19 yoshida erta vafot etgach, uni shu yerda dafn etishgan.
Tadqiqotga buyuk britaniyalik mashhur misrshunos olim Nikolas Rivs boshchilik qildi.