Turkiyada Anqara terakti tufayli xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Jahon 18:17 / 17.03.2016 1136

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li 13 mart kuni Anqarada sodir etilgan terakt tufayli xavfsizlikni ta'minlash choralari kuchaytirilishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Uning aytishicha, Istanbul va Anqara shaharlarida hamda boshqa yirik shaharlarda xavfsizlikni ta'minlash choralari kuchaytiriladi.

Biroz oldinroq, yuz berishi mumkin bo‘lgan navbatdagi teraktlar xavfi tufayli Germaniya Anqaradagi elchixonasini yopishi haqida xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 13 mart, yakshanba kuni Anqarada portlash sodir bo‘ldi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt natijasida 37 kishi qurbon bo‘ldi, 120 dan ortiq kishi yaralandi.

Ko‘proq yangiliklar: