Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyaga yangi Mi28N va Ka-52 harbiy vertolyotlarini kiritdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Agentlik tomonidan Xmeymim aviabazasida parvoz qilayotgan Mi-28N vertolyotining 15 soniyali videotasviri namoyish etilgan. Ka-52 vertoyolti esa Su-24 bombardimonchi samolyoti fonida ko‘ringan.
Ilgari Rossiya havo-kosmik kuchlari Suriyada Mi-24 va Mi-35 vertolyotlaridan foydalangani ma'lum qilingan edi.