Rossiyaning isbotlangan neft zaxiralari 28 yilgagina yetishi mumkin

Jahon 22:41 / 17.03.2016 2209

Rossiya 28 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqtga yetadigan isbotlangan neft zaxiralariga ega, deb aytdi Rossiya tabiiy zaxiralar va ekologiya vaziri Sergey Donskoy “Rossiyskaya gazeta” nashriga bergan intervyusida.

“Rossiya yana qancha vaqt neft olishi mumkin, u yana qanchaga yetadi?” degan savolga javoban Donskoy ba'zi hisob-kitoblarni keltirib o‘tdi: yer qa'ridan olish mumkin bo‘lgan neft zaxiralari 29 mlrd tonnaga yaqinni tashkil qiladi, 2015 yilda “xom” neft (gaz kondensati bo‘lmagan) qazib olish 505 mln tonnaga yaqinni tashkil qilgan.

“Agar bu raqamlarga asoslanib hisoblansa, neftning ma'lum zaxiralari 57 yilga yetadi”, deb aytdi vazir.

Biroq uning ta'kidlashicha, ekspertlarning baholashlaricha, isbotlangan zaxiralar (qayerda va qanday qilib olish mumkinligi aniq bo‘lgan neft) hajmi ikki marta kamroqni, ya'ni 14 mlrd tonnani tashkil qiladi. Unday holda neft zaxirasi 28 yilgagina yetadi.

Donskoy umumiy qazib olish hajmida qiyin olinuvchi neft zaxiralari ulushi ortayotganini aytdi.

Qiyin olinuvchi neft zaxiralari va qit'a shelfining zaxira salohiyati hisobga olinadigan bo‘lsa, zaxiralar bilan ta'minlanganlik anchagina ko‘proqdir, deb ovutmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Ko‘proq yangiliklar: