Qozog‘istonlik mansabdorlarga ish paytida smartfonlardan foydalanish taqiqlanadi

Jamiyat 15:49 / 17.03.2016 1202

Aprel oyidan boshlab Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga ish joyida smartfonlardan foydalanish to‘g‘risidagi taqiq kuchga kiradi.

Davlat tashkilotlarining barcha xodimlari ish joylariga kirishdan avval planshet, mobil telefonlarini topshirib kiradilar. Mikro xotiraga ega hamda kompyuter va internetga ulanishi mumkin bo‘lgan foto-, video- va audioyozish uskunalarining barchasi taqiqlangan, deb xabar beradi Novosti-Kazaxstan agentligi.

Taxminlarga ko‘ra, bu chora, masalan, ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlar orqali maxfiy ma'lumotlar tarqalib ketishining oldini olish maqsadida qo‘llangan. 

Bir davlat ishchisining aytishicha, uning hamkasblari hozirdan tugmali telefonlar sotib ola boshlaganlar.

Ushbu xabarni Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Qulmuhammad Qosimov ham tasdiqladi va o‘zining tugmachali telefonini jurnalistlarga ko‘rsatib, undan o‘n yildan buyon foydalanishini ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: