Qozog‘iston parlamenti yuqori palatasi (senat) Yevropa Ittifoqi bilan keng hamkorlik aloqalari haqidagi kelishuvni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Erlan Idrisovning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv siyosiy muloqotni mustahkamlash, tashqi siyosat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, xavfsizlik, kosmik xavfsizlik, ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishiga qarshi kurashish, nizolarning oldini olish va aksilterrorni nazarda tutadi, deb xabar beradi TASS.
Vazirning qayd etishicha, yangi kelishuv hujjatida “yevropalik hamkorlarimiz uchun barqarorlikning qo‘shimcha kafolatlarini taqdim etuvchi savdo bo‘limi Qozog‘istonga xorij sarmoyadorlarini yanada ko‘proq jalb etishga zamin yaratadi”.