Putin Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi xarajatlarini ma'lum qildi

Jahon 17:36 / 17.03.2016 1029

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya HKK Suriyadagi harbiy operatsiyalarga umumiy hisobda 33 mlrd rubl miqdorida pul sarflanganini ma'lum qildi.

Prezidentning ta'kidlashicha, sarf bo‘lgan mablag‘larning bari mamlakat mudofaa vazirligi hisobidan qoplangan.

“Suriyadagi harbiy operatsiyalarga 2015 yilda Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlangan byudjyet asosida vazirlikning resrus va mablag‘laridan foydalanildi. Umumiy hisobda 33 mlrd rubl miqdorida mablag‘ sarflandi”, — dedi Putin.

U bu haqda Suriyadagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etgan Rossiya harbiy-sanoat mutaxassislari va harbiy xizmatchilarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash marosimida aytib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: