Isroilning «Mossad» tashqi razvedka xizmati sobiq rahbari vafot etdi

Jahon 15:05 / 17.03.2016 2293

Isroilning «Mossad» tashqi razvedka xizmati sobiq direktori Meir Dagan vafot etdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan. U 72 yoshda edi.

«Mossad» matbuot xizmati tarqatgan xabarnomada Dagan keyingi yillarda saraton xastaligidan davolangani aytilgan.

Dagan Isroilda Ariel Sharon rahbarligi davrida, 2002 yilda razvedka boshlig‘i bo‘lgan va 2011 yilgacha tashkilotni boshqargan.

Uning vafoti munosabati bilan mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hamda «Mossad»ning hozirgi rahbari Yossi Koen ta'ziya bildirgan.

Qayd etilishicha, Dagan Sharondan keyin bosh vazir bo‘lgan Binyamin Netanyaxu siyosatini ko‘p marta tanqid qilgandi. U Netanyaxuning Eron bilan munosabatlarni iliqlashtirishga bo‘lgan harakatini "sionistlarning orzusini yo‘qotish" deya baholagandi.

Ko‘proq yangiliklar: