Germaniya navbatdagi teraktlar xavfi tufayli Anqaradagi elchixonasini yopadi

Jahon 16:09 / 17.03.2016 790

Germaniya hukumati 18 martdan Anqaradagi elchixonasini yopishga qaror qilgan. Bu haqda Independent xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, bu qaror qabul qilinishiga Turkiyada "teraktlarning oxiri yo‘qligi" sabab bo‘lgan.

Shuningdek, Turkiyadagi nemis maktablari va bog‘chalari faoliyati ham to‘xtatilishi aytilgan.

Bu haqda rasmiy ma'lumot yo‘q.

Bundan oldinroq, Germaniya TIV Anqaradagi savdo markazlarida teraktlar uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ogohlantirilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 13 mart kuni Anqaradagi xiyobon oldida avtobus yoniga kelgan avtomobil portlatildi va natijada 37 kishi halok bo‘lib, 125 kishi jarohatlandi.

Biroz oldinroq, "Kurdiston ozodligi lochinlari" guruhi bu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Ko‘proq yangiliklar: