O‘tgan hafta shveysariyalik fotograf Tisiana Vergari #WHPidentity loyihasi doirasida o‘z instagram sahifasida “virusli surat”ni omma e'tiboriga havola etdi. Aktsiya ishtirokchilaridan shaxsiyatni ifodalovchi surat e'lon qilish so‘ralgandi.
Ushbu suratda nechta qizning surati ifodalangani haqida foydalanuvchilar hamon bir qarorga kela olmadilar. Masalan, ba'zilar qizlarning soni faqat ikkitaligi, qolganlari ko‘zgu orqali “ko‘paytirilgan” illyuziya deb isbotlashga urinsalar, qolganlar suratda ikki juft egizak qizlar borligini uqtirishadi.
Daily Mail suratga berilgan izohlarni o‘rganib chiqdi va Vergarining “ikkita” degan javobini topdi. Taxminlarga ko‘ra, qizlar fotografning o‘z farzandlari.