Buxorolik “mergan” ov miltig‘ida qo‘shnisini otib tashladi

Jamiyat 18:25 / 17.03.2016 1050

Buxoro viloyatida ov miltiqlarini ishlatish natijasida qator jinoyatlar sodir etildi va ularga tegishli chora ko‘rildi. Bu haqda “Postda” xabar bermoqda.

Jumladan, Dahmiyona qishlog‘ida yashovchi N.T o‘g‘lining nomida bo‘lgan “IJ-27” rusumli 16 kalibrli ov quroli bilan o‘zaro kelishmoqchilik oqibatida fuqaro R.Salomovning yuz qismiga otib, jarohat yetkazgan.

Ushbu holat yuzasidan N.Tga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, So‘fikorgar qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro R.B. ov qurolini olib, ko‘chadagi daydi itlarni otish vaqtida qo‘shnisi S.Yo‘ldoshevaga jarohat yetkazgan. R.B ham qonuniy jazosini oldi.

Ko‘proq yangiliklar: