Bloomberg: neft-gaz kompaniyalari aksiyadorlari 2016 yilda 7,5 mlrd zarar ko‘radilar

Iqtisodiyot 19:55 / 17.03.2016 1305

Neft narxining pasayishi ortida bir qator neft-gaz kompaniyalarining dividendlarni qisqartirish yoki ularni to‘lashni muzlatishga qaror qilgani oqibatida joriy yilda aksiyadorlar 7,4 mlrd dollar ziyon ko‘rishi mumkin, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

Shimoliy Amerikadagi neft quvurlarining eng yirik operatori Kinder Morgan Inc. o‘z aksiyadorlariga to‘lanadigan mablag‘ni 75 foizga qisqartirgan. Ular endilikda 3,44 mlrd dollar ziyon ko‘radilar, bu esa neft sohasida faoliyat yurituvchi AQSh kompaniyalari orasida eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi.

ConocoPhillips aksiyadorlari olmaydigan umumiy daromad miqdori 2,42 mlrd dollarni, Anadarko Petroleum aksiyadorlariniki esa 447 mln dollarni tashkil qiladi.

Yevropa kompaniyalari ham dividendlarni qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rishdi. Ular orasida Ispaniyaning Repsol, Italiyaning Eni va Britaniyaning Amec Foster Wheeler kompaniyalari bor.

Ta'kidlanishicha, Norvegiyaning Statoil kompaniyasi dividendlarni avvalgi darajada saqlab qoldi, biroq fevralda uni qimmatbaho qog‘ozlar bilan almashtirishni taklif qildi.

Ko‘proq yangiliklar: