Germaniyaning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final «Yuventus»ga qarshi javob uchrashuvi (dastlabki uchrashuv – 2:2) oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Yuventus» har doim o‘zligicha qoladi. Bu jamoaning haqiqiy ruhi. Bugungi o‘yinda Manjukich o‘rniga balki Morata tushar, bilkki ikkalasi ham bir vaqtda o‘ynar. Markizio birinchi uchrashuvda o‘ynamagandi, ammo Ernanes bor edi. Kellini ham Turinda o‘ynamagan. Shunday ekan men birinchi uchrashuvdan ortiqcha o‘zgarish bo‘lishiga ishonmayman.
«Yuventus» kuchli klub bo‘lgan va shundayligicha qoldai. Men Italiyada to‘p surganman va italyancha mentalitetni yaxshi tushunaman. Ular bunaqa tarkib va bunaqa mentalitet bilan juda ko‘plab g‘alabalarga erishishgan. Markizio bilan yoki usiz ham turinliklar xavfli raqib bo‘lib qolaverishadi.
Ularning tarkibida chempionlar harakat qilishadi. Ular har doim o‘z imkoniyatlari kelishini poylab turishadi. Ular himoyada juda kuchli. Shu bilan birga hujumda ham raqibga muammo tug‘dirishga qodir», — deya gapirib o‘tgan Gvardiola.