Toshkent moliya institutida Ravshan Ermatovga o‘zining byusti sovg‘a qilindi

Jamiyat 18:58 / 16.03.2016 2046

2016 yilning 15 mart kunida Toshkent moliya institutida «Futbol – millionlar o‘yini» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirga FIFA referisi, Xalqaro toifadagi hakam Ravshan Ermatov va taniqli futbol sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzayev tashrif buyurishdi. Tadbirda Ravshan Ermatov FIFA referisi bo‘lguniga qadar bosib o‘tilgan mashaqqatli yo‘l haqida, futbol bo‘yicha jahon chempionatlarida hakamlardagi ruhiy holat va bosim, bo‘lib o‘tgan qiziqarli voqealar haqida talabalarga gapirib berdi.

Taniqli futbol sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzaev ham futbol va sharhlovchilik haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tadbirda futbol bo‘yicha musobaqa g‘oliblariga sovg‘alar topshirildi. Tadbirning kulminatsion nuqtasi tadbir so‘ngida Toshkent moliya institutidan esdalik sovg‘a sifatida Ravshan Ermatovga o‘zining byusti topshirilishi bo‘ldi.

“Endi biror bir davlatga ketsam, ushbu haykal meni ayolimga eslatib turadi”, deya o‘z xursandchiligini bayon etdi Ravshan Ermatov.

Tadbir qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: