Suriyadan Rossiya qo‘shinlarining olib chiqilishi Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr tomonidan “ijobiy qadam” deya baholandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Al-Jubayr bu qadam Bashar Asadni yon bosishga majbur qilishiga umid bildirdi.
“Biz bu holat “Jyeneva-1” deklaratsiyasiga asoslangan siyosiy jarayonni tezlashtirishga hamda Asad tuzumini siyosiy o‘tish jarayonini yakunlash uchun zarur bo‘lgan yon bosishga majbur qilishiga umid qilamiz”, deb aytdi al-Jubayr.
Avvalroq al-Jubayr Suriya prezidenti Bashar Asad o‘z lavozimidan iloji boricha tezroq ketishi kerakligini aytgandi.