Rossiyada Ravon Nexia R3 avtomobillari sotuvga chiqarilishi keyinroqqa qoldirildi

Fan-texnika 17:25 / 16.03.2016 2195

O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi Ravon Nexia R3 avtomobillari Rossiyada sotuvga chiqarilishi belgilangan muddatdan kechiqmoqda. Avval belgilangan aprel o‘rniga “hamyonbop” mashina Rossiyada yoz o‘rtasiga yaqin sotuvga chiqariladi.

“Neksiya” o‘rniga keluvchi T-250 avtomobilining seriyali ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish loyihasi amalga oshirilishi yakunlanmoqda. T-250 avtomobillari seriyali ishlab chiqarilishi va eksporti 2016 yil 2-choragi oxiriga belgilangan”, deb “O‘zavtosanoat” AK rasmiy xabarini keltirdi “Kolesa.ru” nashri.

Auto.vesti.ru sayti ma'lumotlariga ko‘ra, “Ravon Nexia R3” avtomobili Rossiyada taxminan 2016 yil iyuldan boshlab sotuvga chiqarilishi kerak.

Yangi “Nexia R3” anchagina ixcham bo‘lib, 4330 mm uzunlikka, 1690 mm enga va 1505 mm balandlikka ega. Yukxona sig‘imi 220 litrni tashkil qiladi. Mashina 1,5 litrli, 4 silindrli, 107 ot kuchiga ega, Yevro-5 standartlariga mos keluvchi dvigatel bilan jihozlanadi. Mashina, shuningdek, 6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan taklif qilinadi.

Yangi mashinaning narxi 2015 yil kuzida e'lon qilingandi. Mashinaning bazaviy versiyasi “Ravon Nexia R3 Comfort” (bir dona xavfsizlik yostig‘i, barqarorlashtirish tizimi, magnitola va rul gidrokuchaytirgichi mavjud) 379 ming rubl, o‘rtacha “Optimum” versiyasi (konditsioner, old elektr oynako‘targichlar, elektr oynalar, markaziy qulf mavjud) 439 ming rubl, “Elegance” versiyasi (ikkinchi xavfsizlik yostig‘i, orqa elektr oynako‘targichlar,, yengil qotishmali g‘ildirak disklari mavjud) mexanik uzatmalar qutisiga ega varianti 489 ming rubl va avtomat uzatmalar qutisiga ega varianti 529 ming rublga baholangandi. Savdolar boshlanishiga yaqin narxlar biroz o‘zgartirilishi mumkin.

Ravon Nexia R3 sedani nomi o‘zgartirilgan birinchi avloddagi Chevrolet Aveo modeli hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: