“Medpribory” zavodi rasmiy vakili va menejyeri Vera Grezneva “360 Podmoskove” telekanaliga “Dezar-7” modelidagi nurlantirgichning savdosi o‘sganini aytdi. Bu nurlantirgich Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ishchi xonasida Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqishga bag‘ishlangan majlisda olingan lavhaga tushgandan keyin sodir bo‘ldi.
Greznevaning aytishicha, kompaniyada dastlab savdoning o‘sishiga nima sabab bo‘lganini anglashmagan.
“Kecha “Dezar-7”ga 4-5 ta buyurtma berilgan bo‘lsa, bugun unga 20 ta buyurtma berildi. Biz kecha internetda bu videoni ko‘rgan bo‘lsakda, ertalab dastlab bu holatni tushunmadik”, deb aytmoqda Grezneva.
Bunday qurilma 13 ming rubl turadi, u havoni zararsizlantiradi va uni ultrabinafsha nurlaridan foydalanuvchi kvarslash uskunasidan farqli o‘laroq, odamlar bo‘lganda ham ishlatsa bo‘ladi. Bunday uskunalar sil, gripp, nafas yo‘llari kasalliklari va boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun qo‘llanadi.
Mutaxassisning aytishicha, avval mijozlar bunday nurlantirgichni uyda ishlatish uchun kam ishlatishgan. “Bu qurilmalar shundoq ham ommabop, biroq uyda ishlatish uchun “Dezar-7”ga kam buyurtma berishardi. Kechagi videodan keyin aynan uni sotib olishni boshlashdi. Uyda ishlatish uchun odatda “Dezar-4”dan ko‘proq sotib olinardi”, deb qo‘shimcha qildi Grezneva.
Vladimir Putinning Sergey Lavrov va Sergey Shoygu bilan uchrashuvi 14 martda Kremlda bo‘lib o‘tgandi. Yig‘ilish vaqtida olingan suratlardan birida dazmol taxtasiga o‘xshash bo‘lgan nurlantirgichni yaqqol ko‘rish mumkin bo‘lgan.
Putinning ishchi xonasida bakteriyalarga qarshi nurlantirgich aniqlandi