Fransiyaning aksilterrorchilik politsiyasi Parij markazida terakt tayyorlashda gumon qilingan 4 nafar islom radikalini hibsga oldi, deb xabar bermoqda TF1 kanaliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, Parij chetida 3 kishi va bir nafar ayol ushlangan. Xavfsizlik xizmatlari ularning islom jangarilari bilan aloqalari borligi haqida ma'lumotlarga egalar.
Politsiya ulardan avtomat uchun patronlar va kompyuter uskunasini tortib olgan.