O‘zbekistonliklar O‘rta Osiyo bo‘yicha eng baxtli odamlar

Jamiyat 17:41 / 16.03.2016 3649

SDSN va Kolumbiya universitetining 16 mart kuni e'lon qilgan dunyoning eng baxtli mamlakatlari reytingida O‘zbekiston 49-o‘rinni egalladi.
Birinchi pog‘onani Shveytsariya Daniyaga bo‘shatib, o‘zi ikkinchi o‘ringa tushdi. “Eng baxtiyor mamlakatlar” uchtaligiga Islandiya ham kirdi. Afg‘oniston, Suriya va Togo reytingni yakunlab berishdi.

“Baxt indeksi” tadqiqot ishtirokchi-mamlakatlari aholisi orqali so‘rovnoma o‘tkazish bilan aniqlanadi. Bundan tashqari, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va fuqarolarning ijtimoiy ta'minlanganlik darajasi ham inobatga olinadi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash sifati, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot darajasi, umr davomiyligiga ham e'tibor beriladi. Doklad 2013-2015 yillar ma'lumotlari hisobi asosida tuzilgan.

O‘zbekistonning reytingdagi o‘rni nafaqat baland, balki, nufuzli hamdir. Masalan, 50-o‘rinda Italiya, 53-pog‘onada Yaponiya turibdi. Qozog‘iston 54-o‘rinni, Rossiya esa 56-o‘rinni egallagan. Turkmaniston 65-pog‘onada, Qirg‘iziston 85-, Tojikiston esa juda pastda – 100-pog‘onalarga loyiq ko‘rilgan.

BMTning mustaqil ekspertlari tomonidan tuzilgan dunyoning eng baxtiyor mamlakatlari (World Happiness Report 2015) reytingida esa O‘zbekiston 44-pog‘onani egalladi.

158 davlatning baxtlilik darajasini o‘lchash uchun mutaxassislar iqtisodiy (aholi jon boshiga IYaM darajasi), ijtimoiy (fuqarolik erkinliklarining mavjudligi, korrupsiya darajasi, o‘rtacha umr davomiyligi) va axloqiy (saxiylik va bag‘rikenglik) kabi qator ko‘rsatkichlarni inobatga oldilar.

Eng baxtli mamlakatlar o‘ntaligiga Shveytsariya, Islandiya, Daniya, Norvegiya, Kanada, Finlyandiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya va Avstraliya kirdi.

Togo, Burundi, Suriya, Benin, Ruanda, Afg‘oniston, Burkina-Faso, Kot-d'Ivuar, Gvineya, Chad esa “baxtsizroq” davlatlar deb topildi.
Rossiya ushbu reytingda O‘zbekistondan 12 pog‘ona pastda, ya'ni 64-o‘rinda turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: