Britaniyalik xonanda Adel o‘zining uzoq yillik tanishi Saymon Koneki bilan turmush qurgan. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatgan.
Xonandaning chap qo‘lida 2ta uzuk paydo bo‘lgani muxbirlarning shunday shubhalarini keltirib chiqargan. Gazetada yozilishicha, bu uzuk unashtiruv belgisi sifatida taqilgan.
Bundan oldinroq, Adel turmush qurishga ehtiyoj sezmayotganini aytib o‘tgandi.
"Ehtimol u fikrini o‘zgartirgandir", deb yoziladi gazeta xabarida.
Taxmin qilinishicha, Koneki Rojdestvo kunida Adelning qo‘lini so‘ragan. Manbada aytilishicha, Adel jahon bo‘ylab uyushtirayotgan gastroli vaqtidagi konsertlardan birida sahna ortida o‘z tanishlariga yigiti bilan turmush qurishi haqida aytgan.
Uning matbuot kotibi bu haqida izoh berishdan bosh tortgan.
Adel Lori Blyu Etkins – hozirgi zamon qo‘shiqchilarining eng omadlilaridan biri hisoblanadi. Uning «19» deb nomlangan ilk plastinkasi (2008) unga ikkita «Gremmi» mukofotini keltirgan edi.