MUSAFFO savdo belgisi nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi «Umid Nuri» jamoat birlashmasi o‘tkazgan xayriya aksiyasida ishtirok etdi. Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan aksiya davomida nogiron bolalari bor oilalarga oziq-ovqat tarqatildi.
Nogiron bolalari bor ota-onalarni birlashtiradigan nodavlat notijorat «Umid Nuri» tashkilotining ijtimoiy masalalar bo‘yicha faoli Olga Masenzovaning gapiga qaraganda aksiya davomida 87 oila shunday yordamdan bahramand bo‘lgan.
«Shunday aksiyalar oyiga bir necha marta o‘tkaziladi, shuning uchun MUSAFFO savdo belgisi ham, boshqalar qatori bizlarga qo‘shilib, keyingi ijtimoiy aksiyalarda ham qatnashish istagini bildirgani bizni behad xursand qildi. Bemor bolalarga xursandchilik ulashish, ularning baxtu-saodati uchun kurashayotgan ota-onalarini qo‘llab-quvvatlash - oliyjanob vazifa», - deydi Olga Masenzova.
Nogiron bolalar ota-onalari birlashmasining ijtimoiy aksiyalarida qatnashish masalalari bo‘yicha Masenzova Olga Ivanovnaga quyidagi telefon orqali murojaat qilish mumkin: +99890 350 92 80
Reklama sifatida chop etilgan.Mahsulot sertifikatlangan.